O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2018-yilgi dolzarb vazifalar muhokama qilindi

2018-01-25 | Jamiyat

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlashda partiya deputatlik korpusi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.

2018-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi ilk marotaba keng jamoatchilik muhokamasi asosida xalqimizning fikri, takliflari bilan takomillashtirildi hamda unda davlatimiz rahbarining parlamentga yo‘llagan tarixiy Murojaatnomasida qo‘yilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashning aniq yo‘llari va mexanizmlari belgilab berilgan. 

Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilishi belgilangan 37 qonun loyihasi, jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDP saylovoldi maqsadlariga mos ravishda "Innovatsion faoliyat to‘g‘risida", "Fan to‘g‘risida", "Davlat xizmati to‘g‘risida", “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda partiya fraksiyasi a’zolari hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi. Ushbu jarayonda aholining keng qatlami, mutaxassislar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazib, ularning takliflari asosida qonun loyihalarini takomillashtirish lozimligi belgilandi. 

Deputatlar Davlat dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan vazifalarga alohida e’tibor qaratdi. 

Muhokamalar jarayonida, ayniqsa, aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirishga doir vazifalar ijrosi partiyaning barcha darajadagi tashkilotlari, deputatlik korpusi va faollaridan yangicha yondashuv, tashabbuskorlikni talab qilishi ta’kidlandi. 

Ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar doirasida tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish, sog‘liqni saqlash sohasiga "aqlli tibbiyot" tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish ko‘zda tutilayotgani partiya dasturiy maqsalari ro‘yobiga xizmat qilishi aytib o‘tildi. 

– Davlat dasturi doirasida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jayeva. – Skrining markazlarini jihozlash, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlash, jumladan, har bir tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga skrining tekshiruvlarini o‘tkazish uchun 200 ta yuqori texnologiyali ultratovush tashxis qo‘yish apparatlarini yetkazish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Davlat dasturining iqtisodiyot yo‘nalishida belgilangan vazifalar ham partiya dasturiy maqsadlariga to‘la hamohang ekanligi qayd etildi. 

Jumladan, 2023-yilning 1-yanvariga qadar venchur fondlar, yuqori texnologik startap-loyihalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsiya markazlari va loyiha-konstruktorlik byurolariga o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotish (foydalanish uchun taqdim etish)dan tushgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlari taqdim etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida ilg‘or g‘oyalar, "smart" texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish belgilangan. 

Yig‘ilish yakunida Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda partiya oldida turgan aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться