O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Nasaf”ning safardagi g‘alabasi

2015-04-23 | Sport

Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan "Nasaf" jamoasi beshinchi turda Eronning "Traktorsozi Tabriz" klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"D" guruhidan joy olgan jamoalarning uchrashuvi qizg'in kurashlar ostida o'tdi. O'yinning 52-daqiqasida "Traktorsozi Tabriz" jamoasi a'zosi Mehdi Kiani hisobni ochdi. 56-daqiqada "Nasaf" futbolchisi Artur Gevorkyan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida Artur Gevorkyan raqiblar darvozasiga ikkinchi to'pni yo'llab, jamoasi g'alabasini ta'minladi.

Mazkur turdagi ikkinchi uchrashuvda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasi o'z maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ahli" klubi vakillari ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Guruhda yetti ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan "Nasaf" jamoasi so'nggi tur uchrashuvini 5-may kuni o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Поделиться