O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
30 yanvardan Samarqand shahrida ikkinchi tramvay liniyasi ishga tushadi
2018-01-24 | Jamiyat
30-yanvardan Samarqand shahrida “Vokzal - Siyob bozori” yo‘nalishi bo‘yicha 2-tramvay liniyasi rasman ishga tushadi.
Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yangi yo‘nalish bo‘yicha sinov safari 25-yanvarda o‘tkaziladi. Yetkazib kelingan tramvaylar ayni vaqtda ekspluatatsiyaga tayyorlanmoqda. Bekatlar ham shay qilib qo‘yilgan.
“Vokzal-Siyob bozori” yo‘nalishi 5 kilometrdan iborat bo‘lib, 18 ta bekatni o‘z ichiga olgan. Har qatnov oralig‘i 7 daqiqa. Yo‘lovchi bu yo‘nalishda shahar vokzalidan Siyob bozoriga 20 daqiqada yetib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun: Kelgusida Samarqand shahrida 3-tramvay liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. 23,2 kilometr uzunlikdagi bu liniya shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar harakatlanadi.