O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bokschilarimizning muvaffaqiyati
2015-04-23 | Sport
Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo'yicha o'tkazilgan "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turnirida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medalni qo'lga kiritdi.
Nufuzli musobaqada mezbonlar bilan birga O'zbekiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Vengriya, Rossiya, Bolgariya, Belarus, Turkiya, Gruziya va Qozog'iston kabi davlatlardan kuchli bokschilar g'oliblik uchun kuch sinashdi.
Vazni 91 kilogrammdan og'ir bo'lgan charm qo'lqop ustalari o'rtasidagi bahslarning yarim finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolov bolgariyalik Petar Belberovni 2:1, hal qiluvchi jangda ozarbayjonlik Kamron Mehtiyevni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Sportchilarimizdan Elnur Abduraimov va Elshod Rasulov o'z vazn toifasida bronza medal bilan taqdirlandi.
Qizlar o'rtasidagi bahslarda qatnashgan Komila Bekmetova vazni 60 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida ikkinchi o'rinni egalladi.