O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda Kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

2018-01-24 | Jamiyat

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuzilayotganini ma’lum qildi.

Mamlakatimizda yiliga 3 ming nomdan ziyod, qariyb 60 million nusxada adabiyotlar nashr etilmoqda. Lekin ularni joylarga arzon narxlarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish masalasida muammolar mavjud. Shuni hisobga olib, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi huzurida Kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuzilishi belgilandi. 

Yangi tuzilma kitob sotuvchilarni tashkiliy, uslubiy, ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizdagi nashriyotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish, kitob savdosi menejmentiga o‘rgatish, o‘quvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, nashriyotlarning nashr rejalarini shakllantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. 

Shu kunlarda assotsiatsiyaning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilangan.

Поделиться