O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimiz g‘alabasi

2015-04-23 | Sport

Moskva shahrida qo'l jangi bo'yicha qirqdan ziyod davlat sportchilari ishtirokida o'tkazilgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalni qo'lga kiritdi.

Chempionatning vazni 55 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi bahslarida iqtidorli sportchimiz Shahboz Tursunov shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Vazni 80 kilogrammgacha bo'lgan qo'l jangi ustalari o'rtasida Odil Sirojiddinov barcha raqibini mag'lubiyatga uchratib, birinchi o'rinni egalladi.

Hamyurtlarimizdan Abdujalol Hojimurodov kumush, Muso Mametov va Bobur Rahmatov o'z vazn toifasida bronza medal bilan taqdirlandi.

Поделиться