O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Hukumati delegatsiyasining Kabul shahriga tashrifiga doir

2018-01-24 | Siyosat

2018-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘ldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Hukumat ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, moliya vaziri Eklim Hakimi va Afg‘oniston hukumatining boshqa mansabdor shaxslari va a’zolari, shuningdek, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Kabul shahridagi uchrashuvlarda 2017-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston muloqoti davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi va “Mozori Sharif – Hirot” temir yo‘li loyihasining moliya institutlari tomonidan tashqi moliyalashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Prezident Ashraf G‘ani boshchiligidagi Afg‘oniston hukumatining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha kengaytirilgan kengashi ishida ishtirok etdi. Tadbirda nutq so‘zlaganlar tomonidan mazkur temir yo‘li loyihasi nafaqat O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishda, balki butun mintaqa uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Поделиться