O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazorati kuchayadi

2018-01-23 | Jamiyat

Prezident farmoniga asosida tasdiqlangan Davlat dasturida tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish nazarda tutilgan. Bu huquq fuqarolarga nima beradi? Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Zafar Nazarov quyidagicha javob berdi:

– Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz himoyasi kafolatlangan shunday mukammal hujjatki, uni hayotga tatbiq etish yo‘lida mamlakatimizda bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda.

Bosh Qomusimizda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligiga oid qoida mustahkamlangan. Bu konstitutsiyaviy kafolatni amalga tatbiq etish yo‘lida tadrijiy islohotlar amalga oshirilganidan xalqimiz yaxshi xabardor.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fuqarolar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yib, sud-huquq islohotlarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suribgina qolmay, ularni amalda ta’minlayotganiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Kuni kecha tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan, tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish nazarda tutilgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Keyingi bir yilda sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugun sud tom ma’noda huquqlar himoyasi ta’minlanadigan, adolat o‘rnatadigan tizimga aylanmoqda.

Shu jarayonda sud vakolatining yanada kengaytirilayotgani fuqarolar huquqlari himoyasini kuchaytirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda “Xabeas korpus” institutini yanada kengaytirish doirasida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytiradi.

Buni amalga oshirish uchun joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga qonun asosida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Qonunda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga o‘tkazish mustahkamlanadi.

Bunda shunga e’tibor qaratishni unutmaslik kerakki, faqat jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi shaxslarning uyini tintuv qilishga, telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sud sanksiya beradi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться