O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XMT delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-01-23 | Siyosat
2018-yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Yevropa va Markaziy Osiyo masalalar bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchi Manfred Profazi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz hozircha XMTga a’zo emas. Shunga qaramasdan tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatilgani, O‘zbekiston ekspertlarining milliy manfaatlarimizga javob beruvchi tashkilot tadbirlarida faol ishtirok etayotganligi ta’kidlandi.
Tomonlar odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning samarali xususiyati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda barcha sohalarda, jumladan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.