O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent va Xarkov viloyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik faollashadi

2018-01-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov va Xarkov viloyat davlat ma’muriyati raisi Yu.Svetlichnaya o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Ukraina mintaqasi gubernatori O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan yaxshi xabardor ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning hali foydalanilmagan ulkan imkoniyatlari mavjud.

Yu.Svetlichnaya 2018-yil aprel oyida Xarkov viloyatining ishbilarmon doiralari vakillari hamda savdo palatasi a’zolari bilan Toshkent viloyatiga tashrif buyurishga taklif etildi.

Eslatib o‘tamiz: 2001-yil 1-martda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligi va Ukrainaning Xarkov viloyati davlat ma’muriyati o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolangan edi.

Поделиться