O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-yilning birinchi choragidan O‘zbekistonda “Chevrolet Orlando” avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatiladi

2018-01-23 | Iqtisodiyot

“General Motors” kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati 2018-yilning birinchi choragidan “Chevrolet Orlando” avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

“GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Orlando” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Chevrolet Orlando” oilaviy miniveni 2014-yil mart oyidan beri Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan edi.

“Chevrolet Cruze” rusumidagi sedan platformasi asosida yaratilgan mazkur avtomobil 141 ot kuchiga ega, 100 kilometrga o‘rtacha 7,9 litr yonilg‘i sarflaydigan dvigatel va olti pog‘onali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

Поделиться