O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pop tumanida qiymati 50 million dollarlik sement zavodi: qurilish ishlari sentabrda yakunlanadi

2018-01-23 | Iqtisodiyot

“Popsement” O‘zbekiston – Xitoy – Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma korxonasiga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, xorijlik hamkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Namangan viloyati Pop tumanidagi sobiq “O‘zruberoid” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etishga kirishilgani nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz qurilish sanoati taraqqiyoti yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

– Korxonaning qurilish-montaj ishlarini joriy yil sentabr oyida yakunlash rejalashtirilgan, – deydi xitoylik muhandis-texnolog Yo Shin Vang. – Biz Namanganda shunday yirik loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Hamkorligimiz bundan keyin ham rivojlanib borishiga ishonamiz. 

Loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lgan ushbu zamonaviy sanoat korxonasida mahalliy xomashyodan yiliga 500 ming tonna sement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyiha amalga oshirilgach, 700 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться