O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yuridik xizmat xodimlari bilan uchrashuv
2018-01-22 | Jamiyat
Sirdaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari hamda advokatlari bilan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘uloti doirasida fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi, viloyat iqtisodiy sudi raislari hamda viloyat prokurori o‘rinbosari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida yuridik xizmat xodimlari hamda advokatlarga kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish chog‘ida duch kelayotgan muammolari va boshqa masalalar yuzasidan tegishli rahbarlar bilan fikr almashish imkoniyatlari yaratib berildi.
Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov yuridik xizmat xodimlari tomonidan faoliyat hamda qonunchilikda duch kelayotgan muammolar, ularga beriladigan takliflar yuzasidan so‘z yuritdi.
Qobiljon AHMADJONOV,
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi
bo‘limi boshlig‘i