O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida aniqlanayotgan tizimli ravishdagi qoidabuzilishlar to‘g‘risida

2018-01-22 | Jamiyat

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2017 yil davomida byudjet tashkilotlarida o'tkazilgan nazorat tadbirlarida quyidagi tizimli takrorlanuvchi qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Jumladan,

-    byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga zid ravishda ortiqcha byudjet mablagʻlarini rejalashtirish;

-    tarifikatsiya ro'yxatini tuzishda vakant lavozimlarga yuqori ta'rif razryadlarini qoʻllanilishi hisobiga ortiqcha byudjet mablagʻlarini rejalashtirish;

-    vakant lavozimlar hisobiga iqtisod qilingan mablag'lar (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi;

-    mehnatga haq to'lashda lavozim razryadlari va koeffitsiyentlariga amal qilmasdan hamda ustama toʻlovlarini noto'g'ri qo'llash hisobiga ortiqcha xarajatlarga yoʻl quyish;

-    oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilgʻi-moylash va boshqa mahsulotlarini hisobdan chiqarishda xarajatlar normalariga rioya qilmaslik holatlari takrorlanmoqda.

Byudjet qonunchiligini buzilishi holatlari yuzasidan 289 nafar mas'ul mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar va aniqlangan qonunbuzulish holatlari yuzasidan qonuniy chora ko'rish uchun to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.

Bundan tashqari, qonunbuzulish holatlariga yo'l qo'ymaslik va uning oldini olish maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan profilaktika tadbirlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

“Ishonch telefoni” bo‘yicha ma'lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ishonch telefoni” 24 soat davomida fuqarolardan murojaatlarni qabul qiladi.

2017 yil davomida gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi to'lovi masalalari hamda tender va tanlov savdolari masalalari boʻyicha 764 ta murojaatlar kelib tushdi.

Hisobot davrida 770 ta murojaat (shundan 41 ta murojaat 2016 yildan o'tgan) oʻrganib chiqildi va ularning 269 tasi yoki 35 foizi o'z tasdigʻini topdi.

Ko'rib chiqish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼul xodimlarning 99 nafariga “Xayfsan” e'lon qilindi, 10 nafariga ish haqidan jarima va 4 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish yakunlari bilan 9 tasi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi va 38 tasi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma kiritildi.

Поделиться