O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamdardlik
2018-01-19 | Siyosat
Qozog‘iston Respublikasining Aktyubinsk viloyatida 2018-yil 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nomiga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Vengriya Prezidenti Ader Yanosh, Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman tomonidan yo‘llangan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar keldi.
Xorijiy davlatlar rahbarlari o‘z maktublarida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqidagi xabar ularni chuqur qayg‘uga solganini ta’kidlagan. Sodir bo‘lgan fojia munosabati bilan ular O‘zbekiston Prezidenti, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlari, butun xalqimizga chuqur hamdardlik izhor etgan.
Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda.