O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umid Ahmadjonov hamda Florentino Peres «Real» va «Deportivo» uchrashuvini birga tomosha qildi

2018-01-22 | Sport

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, Umid Ahmadjonov “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peresning taklifiga ko‘ra La liganing 20-turidan o‘rin olgan “Real” - “Deportivo” uchrashuvini bevosita “Santyago Bernabeu” stadionida tomosha qildi. 

Umid Ahmadjonov “Real” Madrid klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilo Butrageno, “Stellar group” agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo‘limi prezidenti Luis Alonso bilan ko‘rishdi. 

Uchrashuv davomida o‘zbek futboliga Ispaniyadan kuchli mutaxassislar jalb qilish, “Real Madrid” akademiyasi filialini Toshkentda ochish, bolalar murabbiylari malakasini oshirish uchun turli seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться