O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

14 ming murojaat. Ular nima haqda?

2018-01-22 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2017-yildagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, joriy yilgi rejalar belgilab olindi.

Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov mamlakatimizda iste’molchilar haq-huquqlari qonuniy kafolatlangani, bu borada O‘zbekiston yetakchi mamlakatlar safidan mustahkam o‘rin egallayotganini alohida ta’kidladi. 

Majlisda qayd etilganidek, 2017-yilda har oyning ikkinchi kuni Federatsiya, uning hududiy birlashmalari mas’ullarining aholi bilan muloqot kuni etib belgilandi. Shuningdek, tashkilot mutasaddilari joylarga chiqib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Pirovardida, 231 ehtiyojmand fuqaro holidan xabar olinib, ularga 54 million so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatildi. 

O‘tgan yil davomida federatsiya, uning hududiy tuzilmalariga iste’molchilardan 14 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati tabiiy gaz, suv, elektr ta’minoti, transport va savdo xizmatlari ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq. Murojaatlarning 91,9 foizi ijobiy yechimini topgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil bilan solishtirganda 2017 yilda murojaatlarning soni 4219 taga ko‘paygan. 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarni kengaytirmoqda. Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro iste’molchilar tashkiloti bilan teng huquqli munosabatlar mustahkamlanmoqda. 

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bildirilgan mulohazalar, ko‘rsatmalar faoliyatimizning bosh mezoni bo‘ladi, – deydi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi Tojiddin Eshmirzayev. – Shu ma’noda, biz asosiy e’tiborni xalqimiz manfaatlarini himoya qilishga qaratganmiz. 

O‘tgan yilda Federatsiya huzurida 3 tadbirkorlik tuzilmasi faoliyat boshladi. Ularda 20 yangi ish o‘rni yaratildi. Yig‘ilishda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadidagi bu kabi ishlar yana davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan, innovatsion g‘oya tashabbuskorlari Federatsiya tomonidan rag‘batlantirilib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish choralari ko‘riladi. 

Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться