O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamyurtimiz jahon rekordini yangiladi

2015-04-22 | Sport

Polshaning Shetsin shahrida o'q otish bo'yicha paralimpiyachilar o'rtasida o'tkazilgan jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz Server Ibragimov jahon rekordini yangiladi.

Jahon kubogi bahslarida qirqqa yaqin davlatdan uch yuz nafardan ziyod sportchi sovrinli o'rinlar va 2016-yili Braziliyada o'tkaziladigan XV yozgi Paralimpiya o'yinlarining yo'llanmasini beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bahslashdi.

Musobaqaning o'n metr masofadan to'pponchada o'q otish bo'yicha o'tkazilgan bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov saralash bosqichida 578 ochko jamg'arib, finalga chiqdi. Tajribali sportchimiz hal qiluvchi bahsda 198,9 ochko jamg'arib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Uning natijasi jahonning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Sportchimiz jahon kubogida ko'rsatgan natijasi bilan dunyo reytingida birinchi o'rin egalladi va 2016-yili Braziliyada o'tkaziladigan Paralimpiya o'yinlarining yo'llanmasini ham naqd qilib qo'ydi.

– Paralimpiya o'yinlari yo'llanmalarini qo'lga kiritgan sportchilarimiz 19 nafarga yetdi, – deydi O'zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bosh kotibi Omon G'afurov. – Paralimpiyachilarimizni oldinda yana ko'plab xalqaro musobaqalar kutmoqda. Umid qilamizki, sportchilarimiz bu musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo'llanmalarimiz sonini yanada ko'paytiradi.

Поделиться