O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtomobil transportini rivojlantirish, transport xizmatlari bozorida munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash to‘g‘risida

2018-01-19 | Iqtisodiyot

Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning maqsadi - bu transport xizmatlarini ko‘rsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkiy shakldagi tashuvchilarni jalb etishdir.

Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida nodavlat sektorning yo‘lovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchilarga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishdagi ulushining deyarli 100 foizi va yuk tashishdagi ulushining 90 foizi ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda.

Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlariga qarab baholash mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 1 mlrd. 41 mln. tonna yuk va 5 mlrd. 565 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan tegishli ravishda 103.7 va 102.3 foizni tashkil etdi.

Yuk aylanmasi 13 mlrd. 629 mln. tonna km.ni (2016-yilga nisbatan 102.5 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 117 mlrd. 157 mln. yo‘lovchi km.ni (2016 yilga nisbatan 102.6 foiz) tashkil qildi.

Agarda avtomobil transporti faoliyatining oxirgi o‘n yil (2007-2017-yillar) davomidagi asosiy ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2017-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni 2007-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,24 barobarga va yuk tashish hajmi 1,4 barobarga o‘sgan.

Yuk tashish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq tadbirlar ko‘rilganligi natijasida, avtotransport vositalari bilan respublikada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishda, qurilish va obodonlashtirish hamda neft-gaz kompleksi qurilishi ishlarida yuklarini tashish hajmlari o‘smoqda.

2017-yil yakuniga ko‘ra, barcha turdagi (temir yo‘l, havo, quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilgan tashuvlar hajmlari ichidagi avtomobil transportining ulushi, yo‘lovchi tashishda 98.4 foizga va yo‘lovchi aylanmasining 90.5 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa tegishli ravishda 88.7 va 20.4 foizga teng.

Mamlakatimizda asosan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em O‘zbekiston” QK, “Samavto” MCHJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MCHJ QK zavodlari) hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l kelmoqda.

2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018-yilning 1-yanvar holatiga yo‘nalishlar soni 2343 taga oshib, 4375-tani tashkil etdi. Ularning 996 tasi shahar, 3122 tasi shahar atrofi va 257 tasi shaharlararo yo‘nalishlarni tashkil etadi.

Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakillantirish va barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish bo‘yicha viloyat va shahar hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi Idoralararo Komissiya tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq tender tanlovlari orqali joylashtirilmoqda.

2017-yil yakuni bilan jami 109 ta ochiq tender o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 1072 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilgan. Shundan 179 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha 25 ta tender, 747 ta shahar atrofi va 82 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 82 ta tender, 64 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 7 ta tender o‘tkazildi.

Hisobot davrida rejadagi 48 ta o‘rniga 125 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun jami 652 ta, shu jumladan 326 ta avtobus, 46 ta mikroavtobus va 270 ta “Damas” rusumli avtotransport vositalari biriktirildi.

2018-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida avtotransportda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tizimining rivojlanishi jadval(.exel, 49.5kb)da aks etgan.

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “ISUZU” rusumli avtobuslarini yo‘nalishlarga biriktirish ishlari davom ettirilmoqda.

2017-yilda respublika bo‘yicha 86 ta tashuvchi tomonidan 493 ta (shundan – 118 tasi lizing, 355 tasi bank krediti va 20 tasi tadbirkorning o‘z sarmoyasi hisobidan) “ISUZU” rusumli avtobuslar xarid qilindi. Jumladan: Jizzaxda – 78 ta, Farg‘onada – 70 ta, Namanganda – 62 ta, Buxoroda – 58 ta, Samarqandda – 46 ta, Surxondaryoda – 43 ta, Xorazmda – 40 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 38 ta, Qashqadaryoda – 23 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Andijonda – 10 ta, Toshkent viloyatida – 7 ta va Navoiyda – 3 ta. Shuningdek, Navoiy viloyatida 1 dona yumshoq o‘rinli “Youtong” rusumli avtobus sotib olindi va ular yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, hisobot davrida tashuvchilar tomonidan tijorat asosida foydalanish maqsadida 760 ta yuk avtomobili, 26 ta mikroavtobus va 476 ta (shundan 257 tasi “Damas” rusumli) yengil avtomobillari sotib olindi.

Shuningdek, korxona yoki tadbirkorlar tomonidan yil davomida avtovokzal va avtostansiyalarni rekonstruksiya qilish, qurish va jihozlash uchun kiritilgan investitsiyalar miqdori 15.2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2017-yil davomida avtotransport sohasiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan kiritilgan jami investitsiya miqdori qariyib 300.0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 100.0 mlrd. so‘mga ortdi.

Me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan 2017-yil davomida 11 ta normativ – huquqiy hujjat ishlab chiqilib, amalga joriy etildi.

Shuningdek, 10 ta normativ – huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, shundan 4 tasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilib, 6 tasi tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun taqdim etilgan.

Bundan tashqari, vazirlik va davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilgan 36 ta me’yoriy – huquqiy hujjatlar ekspertiza qilinib, tegishli xulosalar berildi.

Поделиться