O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki bosh ijrochi direktori K.Georgiyeva bilan uchrashuv
2018-01-19 | Siyosat
2018-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyevning Jahon banki bosh ijrochi direktori K.Georgiyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida Jahon banki delegatsiyasiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va parlamentning 2018 yilgi qonunchilik faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonni rivojlantirish Strategiyasi doirasida mintaqaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, K.Georgiyeva O‘zbekistonda bank tizimini yanada rivojlantirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish masalalarida ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati