O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tebinbuloq koni 2024 yilda to‘liq ishga tushiriladi

2018-01-19 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Qorao‘zak tumanidagi temir rudasining katta rezerviga ega Tebinbuloq konini o‘zlashtirish istiqbollari haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

Mana, oradan bir oy o‘tib-o‘tmay, 2018-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tebinbuloq koni negizida tog‘-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, bu konni o‘zlashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2021-yildan boshlab yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqariladi va majmua 2024-yilda to‘liq ishga tushiriladi. Shuningdek, loyihada cho‘yan va po‘lat olishda domen bo‘lmagan texnologiyani qo‘llash nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tomonidan “Tebinbuloq konida kelgusida cho‘yan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. 

Bu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida maxsus direksiya tashkil etildi. U “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihani amalga oshirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi komissiya tuzish belgilandi. Ishchi komissiya zimmasiga loyihani amalga oshirish, qurilish va qurilish-montaj ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mansabdor vazirliklar bilan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring o‘tkazish yuklatilgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydonlarini ajratish va shu munasobat bilan mahalliy byudjet va boshqa manbalar hisobidan kompensatsiyalar to‘lashni ta’minlaydi. 

Investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan yangi dasturga muvofiq 2018-2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy qiymati 4,5 trillion so‘mlik 1300 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi va qariyb 10 ming ish o‘rni yaratiladi. Jumladan, sanoat tarmoqlarida 492 million dollarlik 232 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Shuningdek, yoqilgi-energetika va kon-metallurgiya sohalariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ko‘proq 5 yirik loyihani kiritish rejalashtirilgan.

 

Anvar Nasirlayev,O‘zA

Поделиться