O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuridik xizmat tizimi takomillashmoqda

2015-04-22 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Unda yuridik xizmatning davlat organlaridagi rolini yanada oshirish, boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga oid masalalar muhokama etildi.

Adliya vazirining o'rinbosari A.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida barcha sohalarda tub o'zgarishlar ro'y berganini ta'kidladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qonuniylik hamda inson manfaatlari himoyasini ta'minlashga xizmat qilayotir.

Qonunlar ijrosi, huquqni qo'llash amaliyotining samaradorligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati bilan bevosita bog'liq. Bunda har bir tashkilotning yuridik xizmati zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi.

Shu bois ham yurtimizda yuridik xizmat sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu yo'nalishdagi normativ-huquqiy baza to'liq yangilanib, yuridik xizmat maqomini belgilashga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilingan. Adliya organlari tomonidan mazkur sohaga uslubiy yordam ko'rsatish, uni rivojlantirish maqsadida o'nlab idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi bilan birga, amaliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik xizmat xodimlari malakasi oshirib borilmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida 160 nafardan ziyod xodimning malakasi oshirilgani buning tasdig'idir.

Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha sohalarini yetuk mutaxassislar bilan ta'minlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Xususan, huquqshunoslikka ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida yurist-konsultantlarni tayyorlash bilan bog'liq bir qator fanlar, shu jumladan, yuridik xizmat va qonunchilik texnikasini o'qitish joriy etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, bugungi kunda davlat organlarida uch mingdan ortiq yuridik xizmat xodimi shtat birligi tashkil etilgan bo'lib, ularda malakali huquqshunos-mutaxassislar faoliyat ko'rsatmoqda. Yuridik xizmat xodimlari shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish, shartnomalarning tuzilishi va ularning bajarilishini ta'minlash, shu jumladan, bu sohadagi nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib borishda tashkilotlarning haqiqiy himoyachisiga aylanmoqda. O'z navbatida, ular xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda ham faol ishtirok etayotir.

Vazirlik va idoralar, yirik korxona va tashkilotlar yuristlari ishtirok etgan tadbirda yuridik xizmatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid amaliy va nazariy hamda qonuniylikni ta'minlashda uning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan muammolar, soha mutaxassislarini o'qitishning dolzarb masalalari muhokama etildi. Davlat organlari tizimida yuridik xizmatning rolini yanada oshirish va soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Поделиться