O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Xalq e’tirofi” mukofotining birinchi sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

2018-01-19 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida 18 yanvar kuni “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini ta’minlashning dolzarb vazifalari: ilg‘or g‘oyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, ijro va sud hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari va diplomatik korpus vakillari, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish, davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan 2018-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini muhokama qilish uchun muloqot maydonini yaratishdan iborat.

Mamlakatimizda so‘nggi bir yilda xalq bilan muloqot konsepsiyasi asosida aholi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samimiy va ochiq muloqot jamiyat hayotiga ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni olib keldi. Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etilgani yurtdoshlarimiz muammolariga yechim topish barobarida, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’minlash imkonini berdi.
 
– Jahon banki ko‘plab mamlakatlarda ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog‘liq loyiha, dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelgan, – deydi Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Nina Kolibashkina. 
 
– Ammo aksariyat holatlarda ushbu loyihalarni ro‘yobga chiqarishda siyosiy irodaning yetishmasligi katta to‘siq bo‘ladi. O‘zbekistonda esa buning tamomila aksini ko‘rmoqdamiz. Islohotlarning asosiy tashabbuskori davlatdir. O‘tgan bir yil davomida ijobiy qadamlarning tashlangani inson manfaatlarini ta’minlash o‘zining yangi sifat va samara bosqichiga ko‘tarilganini ko‘rsatdi. Shu ma’noda, bugungi tadbirni mamlakatingizda xalq bilan davlat o‘rtasida ta’sirchan muloqotni amalga oshirish borasidagi hamkorligimizning yangi davri, deyish mumkin.

Anjumanda davlat siyosatini muhokama qilish jarayonida aholining faol ishtirokini rag‘batlantiruvchi innovatsion yechimlarni joriy etish, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
 
Forum doirasida "Taraqqiyot strategiyasi" markazining “Xalq e’tirofi” mukofoti taqdimoti o‘tkazildi. Unda fuqarolar murojaatlari bilan samarali va tezkor ishlashdagi tajribasi e’tiborga olingan Xalq qabulxonalari, davlat organlari va ommaviy axborot vositalari taqdirlandi.

 

Ulug‘bek Shonazarov, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться