O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

E’zoz va ehtirom og‘ushida

2015-04-22 | Jamiyat

Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumani hokimligida bir guruh urush va mehnat fronti faxriylariga Prezidentimiz nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda keksalarni e'zozlash, ularning boy hayotiy tajribasidan yoshlar tarbiyasida oqilona foydalanish, nuroniylarni tibbiy va ijtimoiy muhofazalash, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi va front ortida xizmat qilgan faxriylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish ezgu an'anaga aylangan.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 6-martdagi "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmoni ushbu yuksak ehtiromning amaldagi yana bir namunasi bo'ldi. Mazkur farmonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag'batlantirish, shuningdek, Vatanimiz ozodligi va sha'nu sharafi himoyachilariga bag'ishlangan maxsus uchrashuvlar, ma'rifiy-badiiy kechalar o'tkazish vazifasi belgilangan.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida bo'lganidek, Mirzo Ulug'bek tumanida ham mazkur bayram munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Jumladan, ta'lim muassasalari va mahallalarda ikki avlod uchrashuvlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Yolg'iz keksalar, nogironlarga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan esdalik sovg'alari topshirilmoqda. Bu ishlarda "Nuroniy", "Mahalla" jamg'armalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlarining hissasi katta bo'layotir.

– Tumanimizda bugungi kunda bir yuz sakson nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front ortida xizmat qilgan faxriy umrguzaronlik qilmoqda, - deydi "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi rahbari Ismoil Alimov. – Ularning salomatligini asrash, tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, yoshlar tarbiyasiga yo'naltirilgan tadbirlarda faol ishtirokini ta'minlashga doimiy e'tibor qaratilmoqda. Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida bu boradagi ishlar yanada kengaymoqda. Urush faxriylarining yurtimiz tinchligi yo'lida ko'rsatgan jasoratlari hamda uzoq yillik mehnat faoliyatiga bag'ishlangan uchrashuv va suhbatlar tashkil etilmoqda.

– Urushdan keyin maktabda o'qituvchilik qildim, – deydi Alisher Navoiy nomidagi mahallada yashovchi Mahmud ota Jabborov. – Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan, yangilanishlardan chetda turgim kelmaydi. Zamonaviy andozalar darajasida barpo etilgan maktab va kollejlarga borib, ta'lim jarayonini kuzataman, o'quvchilar bilan suhbatlashaman. Ularni bugungi imkoniyatlar, shart-sharoitlardan samarali foydalanishga da'vat etaman. Yoshlari e'zozlangan, keksalari qadrlangan shunday jannatmonand yurtda yashashdan ortiq baxt bormi?! Ushbu dorilomon kunlarga yetkazganiga ming shukr.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida faxriylarimizning suhbati yanada qiziydi. Nuroniylarimiz kundan-kunga chiroy ochib borayotgan yurtimizga yanada ravnaq, yoshlarimizga kamol tilab, duoga qo'l ochadi.

Поделиться