O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining tadbiri

2018-01-19 | Siyosat

2018-yilning 18-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining oliy darajadagi “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi.

Qozog‘iston raisligi doirasida o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari tomonidan nutq so‘zlandi.

Поделиться