O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Le Quotidien” gazetasi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati haqida

2018-01-17 | Iqtisodiyot

Lyuksemburgda nashr etiladigan “Le Quotidien” gazetasida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqdi.

Unda O‘zbekiston Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘lab turadigan, boy tarix va imkoniyatlarga, uran, oltin, mis, neft va boshqa mineral resurslarning salmoqli zaxirasiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida ta’riflangan. Maqolada alohida ta’kidlanganidek, bugungi kunda yuqori texnologiyaga asoslangan industriyani rivojlantirish respublika rahbariyatining asosiy ustuvorliklaridan biri hisoblanadi.

“O‘zbekiston siyosiy jihatdan barqaror davlatdir. Bir yildan biroz ko‘proq muddat muqaddam Shavkat Mirziyoyev mamlakat Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatda 32 million aholi istiqomat qiladi, Benilyuks mamlakatlarida ushbu o‘lkadan kelgan qariyb 1500 nafar kishi yashaydi”, deb yozadi gazeta.

“Le Quotidien”ning qayd etishicha, O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ko‘lamlarini kengaytirish uchun aniq-ravshan omillar mavjud. Shu o‘rinda nashr 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Buyuk Lyuksemburg Gertsogligi Hukumati o‘rtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida Konventsiya imzolangani hamda 2017-yil 18-sentyabrda mazkur hujjatga ayrim tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi Protokol qabul qilinganini o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilgan.

Maqolada xabar berilganidek, o‘tgan yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdimoti chog‘ida Lyuksemburg ishbilarmon doiralarining e’tiboriga respublikada biznes yuritish imkoniyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar havola etilgani va ular Buyuk Lyuksemburg Gertsogligi biznes hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingani alohida ta’kidlangan.

Поделиться