O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston eksport salohiyatining ravnaqi “Fashion United” nigohida

2018-01-17 | Iqtisodiyot

Germaniyada nashr etiladigan “Fashion United” onlayn-nashri sahifasida mamlakatimizning yengil sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. “O‘zbekiston: to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1 milliard AQSh dollaridan ziyodga oshdi” sarlavhali maqolada respublikamizda to‘qimachilik sanoatini modernizatsiyalash bergan natijalar bilan bog‘liq atroflicha ma’lumotlar qalamga olingan.

Unda qayd etilganidek, bu tarmoqni modernizatsiyalash o‘tgan yili tashqi bozorlarga 1,1 milliard AQSh dollari miqdorida jun, ipak va paxta tolasi chiqarish imkonini berdi.

“Fashion United”ning e’tirof etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda jabhaga yangi texnologiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari tufayli 2017 yili to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar soni 293 tadan 350 taga yetdi. Shu bilan birga, 34 ta sarmoyaviy loyiha ham hayotga tadbiq etildi, ularning umumiy qiymati 356 million AQSh dollaridan ziyodni tashkil etdi.

“Dunyoning turli mamlakatlarida 64 ta yangi savdo uylarining ochilgani ham eksport hajmlarini oshirishga ko‘maklashdi. Respublikada faoliyat ko‘rsatadigan 7 ming kompaniya yiliga qariyb salkam 1,4 million tonna paxta tolasi ishlab chiqaradi, ularning qariyb 40 foizi eksportga chiqariladi, 60 foizidan esa ichki bozorda foydalaniladi”.

“Fashion United”ning yozishicha, O‘zbekistonda allaqachon “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bazasida paxta-to‘qimachilik markazlaridan foydalanish tajribasini kengaytirish bo‘yicha o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan rejalar ishlab chiqilgan. “Bu paxta eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston bundan keyin ham o‘zining to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga intilayotganidan dalolat bergani barobarida jabhaning eksport salohiyatini yiliga 2,5 milliard dollarga yetkazish hamda 25 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyatini yaratadi”, deb yozadi nemis onlayn-nashri.

Поделиться