O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yetuk kadr - jamiyat kelajagi

2018-01-17 | Jamiyat

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida shaxsiy tarkib bilan ishlash, ularni bilim va ko‘nikmalari hamda boshqaruvchanlik qobiliyati bo‘yicha kadrlarni lavozimga ko‘ra to‘g‘ri taqsimlash borasida boshqarma oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov ochar ekan, 2017 yil davomida mazkur boshqarma tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki xavfsizlikni ta’minlash, korrupsiya va boshqa nojo‘ya hatti-harakatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar borasida to‘xtaldi. Xususan, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xodimlar va ularning oila a’zolari bilan 2017 yilda 55 marotaba umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilganligini, 182 nafar xodim bilan individual tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar olib borilganligi, bojxona xodimlari tomonidan kelgusida jinoyat sodir etishining oldini olish, nojo‘ya hatti-harakatlarga chek qo‘yish to‘g‘risida fikrlar almashildi.

Bojxona nazoratini tashkil etish, kontrabandaga qarshi kurashish, ijro va xizmat intizomi, intizomiy ustav va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy baholanib, shaxsiy tarkib orasida ijobiy muhitni yaratish, ijro intizomini so‘zsiz bajarish, bunda ayniqsa rahbar xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirishga oid ko‘rsatmalar berildi. 
Tadbir davomida Tolibjon Saidov ta’kidlaganidek, xodimlarni intizomiy jazoga tortish emas, aksincha, ularining muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, eng muhimi ularning yuragidagi Vatanga xizmat qilish hissini rag‘batlantirish zarur. 
Shuningdek, yig‘ilish davomida so‘z olgan bojxona organlarining o‘z xavfsizligi guruhi katta tezkor vakili Jamshid Eshqulov xizmat qilayotgan xodimlar va ularning harakatlariga baho berishda o‘zini oqlamagan, faqatgina salbiy ta’sir ko‘rsatgan amaliyotlardan voz kechib, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el-yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochish, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini tayyorlash dunyo hamjamiyati bilan tenglasha olishga zamin yaratib beradi.

 

Sherzod Musulmonov 
bojxona xizmati xodimi

Поделиться