O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv
2018-01-17 | Siyosat
2018-yilning 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan uchrashdi.
Muzokaralarda ikki tomon munosabatlari holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar, jumladan Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi hamda zamonaviy xavfsizlikka tahdid bilan kurashishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.