O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarali hamkorlikka munosib hissa

2018-01-15 | Siyosat

XXRning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Litsze boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasi IIVga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov kutib oldi.

Tashrif XXRning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Litszening vakolat muddatining tugashi bilan bog’liqligini ta’kidlash lozim. O’zbekiston va Xitoy  o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga katta hissa qo’shgan diplomat an’anaga ko’ra o’z yurtiga jo’nab ketish oldidan IIVga tashrif  buyurish, ko’p yillik do’stlik aloqalari va samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik izhor etish istagini bildirdi.

General-mayor P.Bobojonov mehmonga yuzlanar ekan, elchi Sun Litsze o’zining professionalligi, faol hayotiy pozitsiyasi bilan qadim va shonli tarixga ega ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yuqori darajaga ko’tarilishiga hissa qo’shganini e’tirof etdi. Bizning madaniyatimiz, an’ana va urf-odatlarimiz o’xshash, xalqlarimiz esa mehnatsevarligi, xayrixohligi va mehmondo’stligi bilan ajralib turadi, dedi vazir. Afsuski, janob Sun Litsze o’zining mamlakatimizdagi diplomatik  vazifasini yakunlamoqda. Ammo samarali hamkorlik yillari davomida ko’p ishlar amalga oshirilganligini, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlar intensiv ravishda rivojlanganini mamnuniyat bilan tilga olish o’rinlidir.

O’zbekiston Respublikasi IIV va XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi o’rtasida samarali hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Ular o’rtasida imzolangan hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi protokol muvafaqqiyatli ro’yobga chiqarilmoqda. Har ikki tomon zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlariga qarshi hamjihatlikda kurashish orqali o’zaro hamkorlikning yuqori darajasiga erishildi.

Qayd etish joizki, janob Sun Litszening tashabbusi va sa’y-harakati tufayli xizmat burchini o’tash vaqtida halok bo’lgan mamlakatimiz ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari XXRga tashrif  buyurishdi. Ular samimiy kutib olinib, Chin yurtining diqqatga sazovor joylari bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.

Janob Sun Litsze istiqbolli rivojlanish yo’nalishiga ega o’zbek-xitoy munosabatlariga berilgan yuksak bahoga to’laqonli qo’shilishini ta’kidlab o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil may oyidagi XXRga tashrifi o’zaro do’st mamlakatlar o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivoji uchun yangi turtki, yangi kuch-g’ayrat baxsh etganini bildirdi. Samimiy kutib olganlari uchun minnatdorlik bildirib, ikki buyuk do’st davlat ravnaqi yo’lida olib borilajak ishlarda muvaffaqiyatlar tiladi.

 

G. Petrosyan

Поделиться