O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2017 yilning 28 dekabridan O’zbekiston Respublikasining “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi.
2018-01-15 | Jamiyat
Ushbu Qonunga muvofiq “Kelajak bunyodkori” medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.