O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gaz bosimi pasaymagan

2018-01-12 | Jamiyat

Yaqinda ba’zi xorijiy ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahri, Sergeli tumanining 11-mavzesidagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimining qish mavsumida keskin pasayib ketganligi haqida axborotlar tarqatildi

Mutaxassislar tomonidan ushbu masala joyga chiqib o‘rganilganda Sergeli tumanining 11-mavzesidagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimining qish mavsumida keskin pasayib ketganligi haqida xorijiy axborot vositalarida tarqatilgan axborotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Joydagi gaz taqsimlash punktlari o‘rnatilgan parametrlar doirasida ishlayotganligi, ya’ni GTPga kirib kelayotgan tabiiy gazning bosimi 1 kg/sm2, chiqish bosimi 300 mm suv ustuniga tengligi aniqlanib, u me’yorga mosligi ta’kidlandi. Mahalla fuqarolari yig‘ini raislari tomonidan 11-mavzeda gaz ta’minoti va gaz bosimi bo‘yicha hech qanday shikoyat yo‘qligi bildirildi

Поделиться