O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Haqiqiy bayram quvonchi - 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni

2018-01-12 | Jamiyat

O‘zbekiston xalqi tomonidan ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanadigan bayramlar, tarixiy va muhim sanalar orasida “Vatan himoyachilari kuni” ning yuksak qadr-qimmati, alohida o‘rni va nufuzi bor, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Qisqa muddatda harbiy okruglar tashkil qilindi, mamlakatimiz mudofaa kompleksini boshqarish mexanizmi, jangovar tayyorgarlik va tezkor-strategik rejalashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Shu kunlarda butun Respublikamiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda

Xuddi shunday tadbirlardan biri bugun O'zMTDP Termiz shahar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida ma’naviy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab, tadbirni O'zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi devoni rahbari S.Abduraimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

- Bizga, xalqimizga tinchlik va omonlik kerak. Bu – o‘zbek xalqining istagi, bu – o‘zbek xalqining maqsadi, bu – o‘zbek xalqining qaroridir, degan edilar, hurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Bugun o‘tayotgan har bir kunimizda mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yurtimiz osmoni musaffoligi, chegaralarimiz daxlsizligi xalqimizning eng katta boyligi ekanligini yaqqol his etmoqdamiz. ”O‘zbekistonimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug‘ allomalar, jahoniy olimu fuzalolar, buyuk sarkardalarga beshik bo‘lgan muqaddas zamindir. Mana shunday buyuk siymolarning avlodi sizdek yigitlarimiz va shunqorlarimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bayram ruhi va quvonchi, avvalo, odamning ko‘nglidan, ichki dunyosidan chuqur joy olgan taqdirdagina u haqiqiy bayramga aylanadi”. Bayram arafasida Sizni oq yuvib, oq taragan, buyuk ajdodlariga munosib voris – Vatan himoyachisi bo‘lishingizda eng katta hissa qo‘shgan ota-onangizga, xizmat vazifangizni bekamu-ko‘st bajarishingizda farzand tarbiyasiyu, oila tashvishlarini o‘z zimmasiga olgan turmush o‘rtoqlaringizga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mazkur tadbirda Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan raqs to‘garagi a’zolarining badiiy chiqishlari, qolaversa, “Yoshlar qanoti” faol a’zosi, Akrom baxshi Mamarajabovning dostonlardan aytgan termalari barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, “Surxondaryo kitob olami” MCHJ tomonidan kitob yarmakralarining tashkil etilishi, harbiylar uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O'zMTDP ning an’anasiga aylangan kitob yarmarkalarining tashkil etilishi Insonni ezgulikka chorlovchi zabonsiz do‘stimiz kitob hamisha biz bilan birga ekanligiga ishora bo‘lgandek bo‘ldi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati a’zosi Sh.Aripova, O'zMTDP viloyat Kengashi devoni xodimlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi a’zolari, O'zMTDP dan saylangan viloyat, shahar Kengashlari deputatlari, harbiylar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir yakunida Vatan saodati yo‘lida xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga O'zMTDP Termiz shahar Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Поделиться