O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda 6 ta post tugatildi

2018-01-12 | Jamiyat

Namangan viloyatida 16 post, jumladan, 3 yo‘l-patrul xizmati posti, 6 nazorat maskani va 7 hamkorlikdagi blok-post maskanlari faoliyat ko‘rsatar edi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, fuqarolar huquq va erkinlarlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, viloyatlararo savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida mazkur postlardan  ayrimlari olib tashlandi. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud postlarning ahamiyati va samaradorligi boshqarmaning sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat komissiya tomonidan o‘rganib chiqildi. Komissiya xulosasiga asosan Namangan shahridagi “Angor” yo‘l-patrul xizmati va “Orzu” nazorat maskani, Mingbuloq tumanidagi “Qiziltol”, Kosonsoy tumanidagi “Buloq”, Pop tumanidagi “Navbahor” va “Qo‘shtepa” nazorat maskanlari faoliyati maqsadga muvofiq emas, deb topildi . Mazkur postlar tugatilib, transport vositalarining erkin va to‘siqsiz harakatlanishi ta’minlandi.

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться