O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda yil davomida 12 ming fuqaro jamoat ishlariga jalb qilinadi

2018-01-12 | Jamiyat

Namangan viloyati tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga 12 "Damas" avtomashinasi topshirildi.

Shu munosabat bilan keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish ham ularni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlardan bo‘lib, uning nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy ahamiyati ham kattadir. 

Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining har jihatdan maqsadga muvofiqligini Namangan tumanida amalga oshirilgan tajriba misolida ham ko‘rish mumkin. Tumanda o‘tgan yilning so‘nggi ikki oyida 600 nafar band bo‘lmagan fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va bu tajriba o‘zini oqladi.

– Tumandagi barcha mahallalarda 600 ming metr kvadrat maydon, 2 million 250 ming metr kubga yaqin irrigatsiya tarmog‘i tozalandi, 13 yarim ming tupdan ziyod manzarali daraxtga shakl berildi, – deydi Namangan tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori vazifasini bajaruvchi S.Jo‘rayev. – Kam ta’minlangan oilalardan jamoat ishlariga jalb etilganlarga noyabr oyi uchun 167 million so‘m ish haqi berildi. Natijada ham fuqarolar moddiy manfaatdorlikka erishdi, ham mahallalar yanada obod bo‘ldi. 

Mazkur tajribadan kelib chiqib, joriy yilning birinchi choragida viloyat bo‘yicha 2 ming, yil davomida esa 12 ming nafar fuqaroni jamoat ishlariga jalb qilish va bu maqsadga 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 

Shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlarining xizmat mashinalari bilan ta’minlanishi bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi. 
 
 
Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться