O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bu yil men ham albatta tadbirkor bo‘laman

2018-01-12 | Jamiyat

Toshkent viloyati hokimligida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli vakili, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, tijorat banklari hududiy filiallari vakillari, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni, qonuniy faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bo‘sh turgan binolarni tadbirkorlarga "nol" xarid qiymatida sotish, mahalliy hokimliklar tomonidan yer ajratish tizimini soddalashtirish, internet tarmog‘ida elektron savdo va auksionlar tashkil qilish, tadbirkorlarning bank-moliya talablari, kredit olish hamda to‘lov masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Joriy yil boshidan buyon viloyatning barcha tuman va shaharlarida hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq idoralarining hududiy organlari rahbarlari boshchiligida tuzilgan sektorlar tomonidan 186 tadbirkorning muammosi o‘rganilib, aksariyati joyida hal etildi. Hoqonuniy faoliyat ko‘rsatayotganlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi. Xususan, o‘zi foydalanmay, boshqa tadbirkorlarga ham ijaraga bermasligi tufayli 10-15 yildan buyon bo‘sh qolib ketgan binolar egalariga ham endi qonun doirasida tegishli chora ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
 
Parkent tumanida aniqlangan 73 bo‘sh turgan binoning faqatgina 17 tasi tadbirkorlarga foydalanishga berilgan, qolganlari haligacha qarovsiz holda qolmoqda. Yangiyo‘l, Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlari, Yuqori Chirchiq, Chinoz tumanlarida ham bu boradagi ahvol yaxshi emas. 

Videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda endi faoliyat boshlagan tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, o‘z ehtiyoji uchun ob’ektlar qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklari bilan bog‘liq muammolari ham ko‘rib chiqildi. 

Bekobod tumanida yashovchi Erkin Hamroyev 2013- yildan buyon o‘z tadbirkorligini boshlash yo‘lida ko‘plab muammolarga duch kelgan. 

– Hududda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha tuzgan biznes rejamda 25-30 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan, – deydi E.Hamroyev. – Biroq besh yildan buyon tumanimizdan 15-20 sotix yer maydoni olishga qiynalaman. Bu masala bo‘yicha tuman hokimligi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilaverib, charchadim. Bugungi tadbirda soha xodimlaridan zarur tavsiyalar oldim. Bu yil men ham albatta tadbirkor bo‘laman. 

Tadbirda barcha sektor vakillari Savdo-sanoat palatasi xodimlari bilan birgalikda ishchi guruh tuzilib, joylarda haftada ikki bor tadbirkorlar bilan uchrashish, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться