O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng munosiblar taqdirlandi

2018-01-11 | Jamiyat

Xabaringiz bor Yangi yil tantanalari oldidan viloyat xokimligi bayramni munosib kutib olish va viloyatimiz ahlini yangi yilni yaxshi kayfiyatda qarshilashlari uchun barcha ko‘chalar, mahallar, tuman va shaharlar, shuningdek tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qilgandi.

Viloyatimizdagi barcha shahar va tumanlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar, korxona va tashkilotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari binolari, sport inshootlari, ko‘p qavatli uy-joylarni bezash orqali shahar va tumanlarning go‘zal qiyofasini aks ettirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash va tanlov g'oliblarini aniqlash maqsadida viloyat jamoatchilik guruhi tashkil etildi.

Viloyat jamoatchilik guruhi xulosasiga ko'ra tanlovda “Eng bayramona bezatilgan tuman (shahar) markazi” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro shahri 1-darajali diplom, G‘ijduvon tumani 2-darajali diplom, Romitan tumani 3-darajali diplom;

“Eng bayramona bezatilgan tashkilot binosi” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro xalqaro aeroporti 1-darajali diplom, “Milliybank” Buxoro viloyati filiali 2-darajali diplom, “Agrobank” ATB Buxoro viloyati filiali 3-darajali diplom; 

“Eng bayramona bezatilgan maydon” nominatsiyasi bo‘yicha “Abu Ali ibn Sino” nomidagi favvoralar maydonini bezatgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1-darajali diplom, “Registon maydoni” - ARK” qo‘rg‘oni yonidagi maydonni bezatgan “Buxoropaxtasanoat” Hududiy Birlashmasi 2-darajali diplom, “Abdulazizxon madrasasi”ga tutash maydonni bezatgan “Buxoro Briliant Silk” korxonasi 3-darajali diplom; 

“Buxoro shahrini bayramona bezatishda faol ishtirok etgan tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha “Labi hovuz” majmuasini bezatgan “Al-Muhammad” xususiy korxonasi 1-darajali diplom, Buxoro davlat universiteti aylanmasini bezatgan “Shoxrud” Aksiyadorlik Jamiyati 2-darajali diplom, shaharning tarixiy qismini bezatgan “Buxorogo‘shtsutsavdo” Aksiyadorlik Jamiyati 3-darajali diplom sovrindorlari deb topildi.

G‘oliblikni ko‘lga kiritgan tashkilotlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha tashkilotlar va jamoatchilik vakillariga viloyat hokimligi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Поделиться