O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tilla” jo‘natma

2018-01-11 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, numizmatika ashyolari, ya’ni tarixiy tangalar ham madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasiga kiritilgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.

Yaqinda, mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib, tarixiy ahamiyatga ega tangalarni pochta jo‘natmalari orqali respublikamizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Isroil davlatidan Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi M.Bozorov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, jo‘natmadagi buyumlar orasida og‘irligi 58 gr.dan ortiq bo‘lgan 9 dona turli tarixiy tilla tangalar borligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining badiiy ekspertlari xulosasiga ko‘ra, o‘tgan asrning boshlarida Chor Rossiyasi va Buyuk Britaniyada zarb qilingan tangalarning qalbaki nusxalari ekan. Shuningdek, asillik darajasi 750 va 900 bo‘lgan ushbu tilla tangalarning umumiy qiymati salkam 16 mln. 700 ming so‘mni tashkil qilar ekan.

Shuningdek, mazkur post xodimlari Rossiya Federatsiyasidan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi K.Trimasov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasida ham bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 108 (bir yuz sakkiz) dona turli yillarga mansub tangalar borligini aniqlashdi.

Eskpertlar tomonidan turli davlatlarda zarb qilingan ushbu tangalarning 10 tasi o‘tgan asrning o‘rtalarida zarb qilingani va shu sababli tarixiy ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan xulosa qilingan.

Yuqoridagi har ikki holat bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olingan tangalar Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi qaroriga asosan davlat egaligiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro pochta konvensiyasi talablari hamda respublikamizda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni va madaniy boyliklarni pochta jo‘natmalari orqali yuborilishi taqiqlanadi.

Поделиться