O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pasport va propiska bilan bog‘liq qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

2018-01-10 | Jamiyat

Pasport – har birimizning nafaqat shaxsimizni, balki shu yurt fuqarosi ekanimizni tasdiqlovchi muhim hujjatdir. Sir emas, pasport, ayniqsa propiska bilan bog‘liq muammolari bor kishilar oramizda kam emas. 

Shularni inobatga olib, mavjud muammolar yechimiga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida alohida o‘rin berilgan. 
 
Davlat dasturi loyihasida fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi ishlab chiqiladi. Unda 2018- yil 1- iyuldan milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida e’tirof etilishiga oid me’yor o‘rin olishi mumkin. 
 
O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID – identifikatsiya kartasi joriy etilishi kutilmoqda. 
 
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida pasport tizimi qoidalarini soddalashtirish nazarda tutilgan. Jumladan, shu maqsadda joriy yilda mamlakatimizda tegishli qonun loyihalari ishlab chiqiladi. Ularda mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabi bekor qilinishi mumkin. 
 
Fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz, propiskasiz yoxud turar joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik ham yengillashtirilishi mumkin. 
 
Fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Ularda vaqtincha yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq amaliyotga barham berilishi mumkin. 
 
Mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirishtirilishi mumkin. 
 
Eslatib o‘tamiz, Davlat dusturi loyihasi ayni paytda 2018.strategy.uz saytida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Loyiha bo‘yicha barcha fuqarolar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini 2018- yil 15- yanvargacha bildirishi mumkin. 

Поделиться