O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek akademigi-Xitoyning nufuzli mukofoti sohibi

2018-01-10 | Jamiyat

Shu kunlarda O‘zbekistonning ilmiy salohiyati yana bir bor xalqaro e’tirof qozondi: Pekinda Xitoy Xalq Respublikasining ilm-fan va texnika jabhasidagi davlat mukofotlari hamda “Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlik–2017” nufuzli mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Mukofot sohiblarini taqdirlash marosimida XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Siyosiy byuro a’zolari, Bosh vazir o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

7 nafar xorijlik olim xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotining laureatlari bo‘lishdi. Ular orasidagi yurtdoshimizga-o‘zbek olimi, bioximik, akademik Shavkat Solihovga ushbu davlat mukofotini XXR Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan topshirdi.

O‘zbek akademigi bilan birga amerikaliklar Edvard Palmer (fizik, Luiziana shtati universiteti professori), Chjan Shuchen (Stenford universiteti nazariy fizika professori), Shi Yan (Garvard universiteti professori), Tomas Spanos (Rays universiteti professori), britaniyalik olim Filip Koates, shvetsiyalik tadqiqotchi Chen Delyan singari taniqli mutaxassislar ham ushbu mukofotga sazovor bo‘ldilar.

Pekinda bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir chog‘ida XXR Davlat Kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Yandun O‘zbekiston hamisha Sharq va G‘arb ilm-fani hamda madaniyati o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib kelganini qayd etdi. Bugungi kunda ham o‘zbek olimlari o‘z mamlakati va dunyo ilm-fani rivojiga, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

MDH mamlakatlari orasidan Xitoyning nufuzli mukofotiga Sh.Solihovdan tashqari faqat rossiyalik fizik, “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi prezidenti Ye.Velixov sazovor bo‘lgan.

Ushbu mukofot 1995-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan 108 nafar olim hamda ikkita xalqaro tashkilot uning sohiblari ro‘yxatidan joy olgan. Uni norasmiy ravishda “Xitoyning Nobel mukofoti”, deb ham atashadi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, oqsil kimyosi, toksinlar va biotexnologiyalar kimyosi sohasidagi mashhur olim Shavkat Solihov 2017-yil noyabrida Xitoy Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan edi. U O‘zbekistondan saylangan birinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan saylangan (rossiyalik olim, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jores Alferovdan keyin) ikkinchi olimdir.

Поделиться