O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreyalik professor Sog‘liqni saqlash vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

2018-01-10 | Sog‘liqni saqlash

Koreya Respublikasi Milliy shifoxonalari assotsiatsiyasi raisi, nufuzli Chonnam milliy universiteti professori Yun Tek Rim O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi etib tayinlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida turli sohalar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq imzolangan ko‘plab shartnomalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi lavozimi joriy etilib, ushbu lavozimga Janubiy Koreya Respublikasining taniqli professori Yun Tek Rim nomzodi tasdiqlandi.

Yaponiyaning Gurume va AQShning Djona Xopkins tibbiyot maktablarida malaka oshirgan mashhur olim Koreyadan tashqari, o‘z faoliyatini xalqaro miqyosda, xususan, AQShdagi ortoped-jarrohlar akademiyasi, Jahon ortoped-jarrohlari va travmatologlari uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarda ham akademik tadqiqotlar olib boradi. O‘z faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida e’tirof etilgan. Aynan professor Yun Tek Rimdan ta’lim olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlaridan shifokorlar va bemorlar Janubiy Koreyaga tez-tez tashrif buyurib turadi.

Sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi professor Yun Tek Rim xalqaro miqyosda orttirgan o‘z tajribasi va ilmiy salohiyatini mamlakatlarimiz tibbiyot tizimi uchun safarbar qilayotganidan va ushbu mehnatlari katta e’tirof qozonayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Поделиться