O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokim xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi

2018-01-10 | Jamiyat

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ular taqdim etgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

Muloqotda Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasidagi muhim vazifalar, taqdim etilayotgan yangi loyihalar va ularni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan 112 loyihaning 73 tasi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini moslashtirish hisobiga, 19 tasi xususiy inshootlarda, 10 tasi ijara asosida faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan, 12 yangi loyiha bo‘yicha esa qurilish uchun yer ajratilishi so‘ralgan. Ushbu loyihalar doirasida ish boshlaydigan xususiy tibbiyot muassasalarning 73 tasi ambulator, 39 tasi statsionar tarzda faoliyat yuritadi.

Muloqotda xususiy tibbiyot muassasalarning faoliyat turini tanlash, ularni zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash uskunalari, malakali kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bugungi kun talabi darajasida bo‘lishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Yangi loyihalarni amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning aksariyati hal etildi, ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha viloyat hokimi mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda yangi tashkil etiladigan xususiy tibbiyot muassasalarida neyrojarrohlik, onkologiya, nefrologiya, urologiya, abdominal jarrohlik, koloproktologiya, kardiologiya, gematologiya va endokrinologiya kabi yo‘nalishlarda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi, 1 ming 100 yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться