O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

G’allaoroldagi hokim kubogi bahsida Lalmikor birinchi

2018-01-09 | Sport

Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liq.

Mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lom bo’lib voyaga yetishida, ularning sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda, qishloq joylarda ham sportni ommalashtirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarimiz orasidan iste’dodlilarini tanlab olish, uyushmagan yoshlarga o’z kuch va imkoniyatlaridan foydalanishga imkon berish, ishonch, mardlik va vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish maqsadida G’allaorol tumanida sportning taekvon-do turi bo’yicha «Hokim kubogi» tashkil etildi. Unda 1999-2010 yillarda tug’ilgan yigit va qizlardan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg’in bahslarga boy o’tgan musobaqada Lalmikor jamoasi 1-o’rinni, Qo’ytosh jamoasi 2-o’rinni, 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi 3-o’rinni egalladi. Faol ishtirokchilar jismoniy tarbiya va sport bo’limi hamda tuman hokimligining diplomlari, medallari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

 

Jamshid XOJABEKOV

Поделиться