O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

2018-01-09 | Sport

Ot sporti bo‘yicha jahonga mashhur “FEI World Jumping Challenge Final” musobaqasi birinchi marta Osiyo qit’asida bo‘lib o‘tadi. Unga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

“FEI World Jumping Challenge” musobaqasiga 2001-yilda Germaniyaning “PSI” kompaniyasi tashabbusi bilan asos solingan bo‘lib, dastlabki vaqtlarda uning final bosqichlari faqat Yevropa qit’asida o‘tkazib kelinardi. So‘ngra mezbonlik Amerika qit’asiga berildi. 2014-yilda bunday imkoniyat Afrika qit’asiga taqdim etildi. Endi navbat Osiyoga va mamlakatimiz bu boradagi birinchi mezbonga aylandi. Tashkilotchilarning aytishicha, nufuzli turnir Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, ushbu musobaqa mezbonligiga O‘zbekistondan tashqari Portugaliya, Ekvador kabi bir qator davlatlar da’vogarlik qilgan edi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi tashkiliy qo‘mitasi esa O‘zbekistonning imkoniyatlarini yuqori baholagan.

Поделиться