O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Askarlar yaqinlari bilan tele-ko‘prik orqali muloqot qildi

2018-01-09 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xorazm va Namangan viloyatlari hokimliklari hamkorligida Namangan va Xorazm viloyatlarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida «Mening do‘stim – Vatan himoyachisi» deb nomlangan videomuloqot o‘tkazildi. 

“Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda professional milliy armiyamiz yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashning muhim omili bo‘layotgani ta’kidlandi. 

Videomuloqotda har ikki viloyatda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar ota-onalari, do‘stlariga o‘zi xizmat qilayotgan harbiy qism hayoti va u yerda yaratilgan sharoitlar haqida gapirib berdi. Shuningdek, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i, mahallasidagi so‘nggi yangiliklar, oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlarining hol-ahvoli haqida bilib oldi. 

– Tele-ko‘prik orqali do‘stim Abduvohidni ko‘rib, juda quvonib ketdim, – deydi Namangan viloyatidan kelib Xorazm viloyati Hazorasp tumanida o‘z xizmat burchini ado etayotgan oddiy askar Sobitjon Bahriddinov. – U bilan suhbatlashdik. U menga Vatan tinchligini ta’minlashdek sharafli vazifani ado etishda jismonan va ma’nan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli yigitlar safida do‘sti borligidan faxrlanishini aytdi. Harbiy bilim va ko‘nikmalarimizni mustahkamlash, zamonaviy harbiy texnikalarni boshqarishni o‘rganishimiz uchun harbiy qismda barcha sharoit mavjud. Kelajakda men oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirib, albatta, ofitser bo‘laman. Xalqim, ota-onam va do‘stlarimning ishonchini oqlayman. 

Tadbirda Xorazm va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarda namunali xizmat qilayotgan askar o‘g‘lonlarning ota-onalari va do‘stlariga kelgan viloyatlar hokimliklarining tashakkurnomalari o‘qib eshittirildi. 

– Mening o‘g‘lim Muhammad Baxtiyorov Namangan viloyatida o‘z yigitlik burchini o‘tamoqda, – deydi urganchlik Bahrom Masharipov. – Vatan himoyachilari bayrami arafasida o‘g‘lim bilan virtual tarzda ko‘rishgan bo‘lsam-da, uning alplarga xos bo‘y-bastini, sog‘-salomat ekanini ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Ayniqsa, o‘g‘limning namunali xizmati uchun berilgan tashakkurnoma meni dunyodagi eng baxtiyor otaga aylantirdi. Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashdek sharafga erishgan mard o‘g‘lim borligidan g‘ururlanaman. 

 

Ahadjon Shokirov, O‘zA

Поделиться