O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi
2018-01-08 | Saylov
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha yagona matbuot markazida saylovning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi X.Karimov tashkil etilgan barcha 330 saylov okrugidan deputatlar to‘liq saylanganini ma’lum qildi.
Saylovda Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchilarning 1 million 267 mingdan ortiqrog‘i ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 81,2 foizini tashkil etadi.
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 54, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 49, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 37, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 53 nafar fuqaro deputat etib saylandi.
Saylangan 330 deputatning 254 nafarini erkaklar, 76 nafarini ayollar tashkil etadi. 20 nafar deputat 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.
Deputatlarning 87 nafari iqtisodchi, 34 nafari huquqshunos, 61 nafari pedagog, 43 nafari shifokor, 55 nafari muhandis va 50 nafari boshqa kasb egalaridir.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylangan deputatlar o‘z vakolatlarini 2019 yil mamlakatimizda o‘tkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovgacha amalga oshiradi.