O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘lom tanda sog‘ aql

2018-01-08 | Sport

Bugungi kunda bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada bajarish, davlatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda xodimlarning ruhan va jismonan chiniqqanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Davlat bojxona qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining xizmat va jangovar tayyorgarligi, xizmat o‘q otar qurolidan foydalanish va qo‘llash bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Boshqarmada zamonaviy elektron lazerli o‘q otish xonasi va mazkur xonada maxsus o‘quv sinfi tashkil etilib, zaruriy ko‘rgazmali o‘quv materiallari bilan ta’minlangan. Boshqarma shaxsiy tarkibining xizmat o‘q otar qurolidan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar grafigi ishlab chiqilib, mas’ul xodimlar tomonidan doimiy ravishda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, xodimlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida, tasdiqlangan grafik asosida doimiy ravishda, haftada ikki marotaba mashg‘ulotlar o‘tkazilib, sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Jumladan, boshqarma sport zalida tashkil etilgan trenajyor kompleksi bugungi kunga kelib zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu sharoitlar boshqarma xodimlarining sog‘lom turmush tarzini yaratish, respublika va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida boshqarma sha’nini munosib himoya qilishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Masalan, o‘tgan davr mobaynida Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalari hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari jamoalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, milliy kurash, stol tennisi, yengil atletika va suzish turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda boshqarma xodimlari munosib ishtirok etishib, umumjamoa hisobida faxrli o‘rinlarni egallashdi.

 

Qurbon Toshboyev 
Surxondaryo viloyati bojxona
boshqarmasi xodimi

Поделиться