O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faxriylar sharaflandi

2015-04-17 | Jamiyat

Namangan shahrida "Faxriylarni sharaflaymiz" shiori ostida Ikkinchi jahon urushi faxriylarini sharaflashga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoshlar, urush va mehnat fronti faxriylarining qarindoshlari ishtirok etgan tadbirda fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga xalqimiz qo'shgan ulkan hissa, bu borada ota-obolarimiz ko'rsatgan fidoyilik, matonat va jasorat namunalari haqida so'z yuritildi.

Prezidentimizning 2015-yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, urush qatnashchilariga "Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali topshirildi.

– Biz, qariyalar nafaqat Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, balki hamisha davlatimiz rahbari va hukumatimizning cheksiz g'amxo'rligidan bahramand bo'lib yashamoqdamiz, – deydi urush faxriysi Sergey Kulikov. – Keksalarni e'zozlash yilida bu e'tibor yanada kuchaydi. O'zbekistondek jannatmonand diyorda tug'ilib, bag'ri keng va mehri daryo insonlar orasida yashayotganimdan faxrlanaman. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik doimo barqaror bo'lsin, xalqimiz farovonligi yanada yuksalaversin.

Namangan san'at kolleji o'quvchilari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari tadbirga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so'zga chiqdi.

Поделиться