O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barcha soliq inspeksiyalarining rekvizitlari Yagona portalda jam qilindi

2018-01-05 | Texnologiyalar

Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida Davlat soliq qo'mitasining 200 ta tuman va shahar inspeksiyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Qonun hujjatlariga muvofiq 10 dan ziyod soliqlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar, majburiy to‘lovlar hamda ijtimoiy fondlar uchun boshqa turdagi to‘lovlarni to'lash maqsadida mazkur inspeksiyalarning rekvizitlari haqidagi ma'lumotlarga ehtiyoj tug'iladi.

Shuni inobatga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da soliq organlarining yagona g‘azna hisob raqamlari rekvizitlari tog'risidagi ma'lumotlarni taqdim etuvchi interaktiv xizmat ishga tushirildi. Mazkur xizmat orqali yurtdoshlarimiz tegishli soliq organining Yagona g‘azna hisob raqami haqida ma'lumotlarni onlayn olishlari mumkin.

Byudjetga to'lovlar Moliya vazirligining ijtimoiy bank hisobi - yagona g‘azna hisob raqamlariga o'tkaziladi. Mazkur hisob raqamlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da yuridik yoki jismoniy shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish hamda tegishli ma'lumotnoma shaklini to'ldirish kerak bo'ladi. Undagi "Soliq organi" bo'limida kerakli hududdagi soliq bo'linmasi hamda soliq turini ko'rsatish kerak bo'ladi.

Поделиться