O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat don inspeksiyasi faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan 2017 yilning 12 oyligida amalga oshirilgan ishlar

2018-01-05 | Texnologiyalar

“2017 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiya (“O‘zdavdoninspeksiya”) faoliyatida joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha Manzilli Dasturi” hamda “2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasida axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari Dasturi” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda 2016 yil 26 dekabr sanasida tasdiqlangan. 

Mazkur dasturlarda belgilangan tadbir va choralarni belgilangan muddatlarda to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan 2017 yilning 12 oyida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

2017 yilning 10 yanvar sanasida 1-son buyrug‘i bilan «2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat inspeksiyalarda axborot tizimlari va kommunikatsiyalar hamda Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini bajarilishi Grafigi» tasdiqlangan. Grafikka asosan 2017 yilning fevral oyida Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, mart yida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari, aprel oyida Toshkent viloyati inspeksiyalari hamda Markaziy apparat va markaziy laboratoriyalarida lokal va internet tarmog‘idan foydalanishni va axborot xavfsizligi talablari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Monitoring natijalari bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi, shu bilan birga amaldagi va yangi qabul qilingan xujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

2017 yil 14 martdagi 21-son buyrug‘i bilan «Inspeksiya faoliyatida foydalanishga ruxsat etilgan kompyuter dasturlari ruyxati» tasdiqlandi.

2017 yil 28 apreldagi 38-sonli buyrug‘i bilan «O‘zdavdoninspeksiya»ning markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarida kompyuterlar, axborot tizimlari va Internet tarmog‘idan foydalanish, hamda axborot xavfsizligi talablarini ta’minlash holati yuzasidan nazorat o‘tkazish Mexanizmi”ning yangi tahriri tasdiqlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 25 yanvardagi 24 8/435 sonli murojaatiga asosan «O‘zdavdoninspeksiya»ning mutaxassis va texnik xodimlarining 10 nafari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida malakasini oshirgan hamda KSBT tizimi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2017 yil 12 oyi yakunlariga bag‘ishlangan majlisini sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida NIS tizimidagi «O‘zdavdoninspeksiya» faoliyatiga tegishli bo‘lgan savolnomalar joriy yilning 20 dekabr sanasida yangilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 232 son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning mart oyida inspeksiyaning rasmiy veb-saytida va O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida Ro‘yxatga kiritilgan «Rahbariyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qabul qilish vaqti», «Idora joylashgan manzil (geolokatsiya)», «Asosiy iqtisodiy va statistik ma’lumotlar, faoliyat ko‘rsatkichlari», «Vakant ish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlar» ochiq ma’lumotlar to‘plamlari joriy yilning 18 dekabr sanasida yangilandi.

2017 yil 12 oy davomida Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri portalda inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 12 taga etkazildi. Joriy yilning 29 iyun sanasida ushbu xizmatlarning jarayonlarini optimallashtirish va xizmatlar reglamentlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelishligini ta’minlash maqsadida xatlovdan o‘tkazilgan va ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Shuningdek, 2016 yil 11 noyabrdagi 113 i-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xizmatlarning reglamentlari ishlab chiqildi va yagona xizmatlar reestri portali hamda rasmiy veb-saytga joylashtirildi.

Inspeksiyaning ichki jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro bog‘lovchi yoki inspeksiya faoliyatidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan axborot tizimini yaratish yuzasidan «DHD ICT solutions» MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan joriy yilning 28 iyun sanasida Davlat don inspeksiyasida ijro intizomini nazorat qilish va elektron xujjat almashuvini ta’minlovchi Simplex Light 1.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi test rejimida ishga tushurildi. Joriy yilning 14 24 avgust sanalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati inspeksiyalarida «Ijro intizomi va elektron hujjat almashuvini ta’minlovchi Simplex Light 1.0 axborot tizimi» da ishlash tartibi bilan ma’sul xodimlar tanishtirildi, kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ushbu viloyat inspeksiyalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, lokal va internet tarmog‘idan foydalanish, axborot xavfsizligi talablari bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Shu bilan birga don va don mahsulotlarini sertifikatlashtirish va metrologiya xizmatlarini ko‘rsatishda onlayn murojaatlarni qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi lab.uzddi.uz axborot tizimini ishlab chiqildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha 2017 yilning 12 oyida jami bo‘lib 79,58 mln so‘m, shundan AKT bo‘yicha mutaxassislarni material-texnik va moddiy ta’minoti uchun 34,8 mln. so‘m, internet tarmog‘iga ulanish xizmatlari uchun 13,08 mln. so‘m, kompyuter va server qurilmalarini sotib olish uchun 11,5 mln. so‘mlik mablag‘lar sarf etildi.

2017 yilga qabul qilingan chora-tadbirlar Rejalari, Hukumat va yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar bajarilishini ta’minlash yuzasidan ishlar davom etmoqda.

Поделиться